Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmaning Rossiyadagi elchixonasi yaqinida miting boshlandi
Moskva shahridagi Katta Nikita ko‘chasiga yakshanba kuni yuzlab musulmonlar sanksiyalashtirilmagan miting uchun yig‘ildi. Ayni paytda voqea tafsilotlarini yoritib borayotgan taniqli blogger Ilya Varlamov shu haqda xabar bergan.
Varlamovning yozishicha, to‘plangan musulmonlar «Buddistlar - terroristlar!» deya qichqirib, Myanmaning Rossiyadagi elchixonasi tomon harakatlanishgan. Olomon harakatini Rossiya Milliy gvardiya askarlari to‘xtatib qo‘ygan, elchixona yaqiniga hech kim qo‘yilmayapti.
Shuningdek, Checheniston poytaxti Grozniy shahridagi «Checheniston yuragi» masjidi atrofida ham Myanmadagi musulmonlarni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi tashkil etilgan. Mamlakat rahbari Ramzan Qodirov 1 sentabr kuni o‘zning Instagram'dagi sahifasida butun dunyo hamjamiyati va Myanma hukumatini harakatsizlikda ayblagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Myanmada o‘tgan kunlarda musulmonlarning 2600ga yaqin uyiga o‘t qo‘yilgan. Radikal buddist va harbiylarga qarshi chiqqan musulmonlar terrorizmda ayblanmoqda.


Mavzuga oid
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona
08:18 / 26.12.2022