Jahon | 12:18 / 04.09.2017
8146
2 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshga qochib o‘tgan rohingyalar soni 90 mingdan ortdi

Foto: Reuters

Avgust oyida avj olgan rohingyalar muammosi Myanmada qisqa davr ichida musulmon diniga e'tiqod qiluvchi 400 nafardan ortiq kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Reuters​ agentligi tarqatgan so‘nggi xabarga ko‘ra, Rakxayn shtatini tark etib, Bangladeshga boshpana izlab ketishga majbur bo‘layotgan rohingyalarning soni 90 ming kishidan ortdi.

Jami 1,1 million kishidan tashkil topgan rohingyalar mamlakatning 90 foizi buddistlardan tashkil topgan Myanma (avvalgi Birma) davlatida istiqomat qilib kelgan. O‘tgan yil oktabr oyidan buyon qo‘shni Bangladeshning Koks Bozor tumani 150 ming rohingyaga yangi vatan bo‘lib qolmoqda.

Qurbon Hayit ayyomi kuni nutq so‘zlagan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu holatni butun bir etnos genotsidi deb atagandi. Shuningdek, turklar yetakchisi o‘tgan haftada Bangladesh prezidenti Abdul Hamid bilan telefon orqali suhbatlashib, mamlakatga kirib kelayotgan rohingyalarni yanada ko‘proq qabul qilishga chaqirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid