Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy hukumati AQSh qarshiligini yengib o‘tish uchun yangi bankni moliyalashtirmoqchi
Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Tszinpin dushanba kuni BRICS'ga a'zo davlatlar o‘rtasida ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilajak Yangi Taraqqiyot bankiga 4 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
Umumiy hisobda Xitoyning BRICS'ga kiritayotgan 80 million AQSh dollari sarmoyasi joriy yilning may oyida e'lon qilingan «Bir makon – bir yo‘l» tashabbusiga tikilgan 123 milliard AQSh dollari oldida hech narsa emas.
Yangilik aynan Xitoyning megaloyihasi va uning yetakchiligidagi Osiyo Infratuzilmasini sarmoyalashtirish bankini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash arafasida paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 5 sentabr kungi BRICS'ga a'zo va kuzatuvchi maqomidagi davlat rahbarlari uchrashuvida Xitoy AQShning iqtisodiy proteksionizm siyosatiga qarshi turishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025