Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmadan Bangladeshga 123 ming musulmon qochib o‘tdi
Myanmada rohingya musulmonlariga qarshi olib borilayotgan shiddatli amaliyotlar natijasida Arakan viloyatidan qo‘shni Bangladeshga qochib o‘tgan musulmonlar soni 123 ming kishidan ortdi. Bu haqda BMT qochoqlar masalalari bosh boshqarmasiga asoslangan holda VVS xabar qilmoqda.

Anadolu agentligiga ko‘ra, so‘nggi bir kecha-kunduzda Myanmaning Bangladesh bilan chegarasini rohingya musulmonlaridan 25 mingga yaqini kesib o‘tgan.

Bundan avval Yevropa rohingya musulmonlari kengashi matbuot kotibi (ERC) Anita Shug Myanmaning Arakan shtatida harbiylar va millatchi buddachilarning hujumidan 2-3 mingga yaqin musulmon halok bo‘lgani, 100 mingdan ortiq musulmon o‘z uylaridan chiqarib yuborilganini aytgan edi.

Mavzuga oid
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona
08:18 / 26.12.2022