Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Myanmada musulmonlar o‘ldirilishi mavzusini BMT darajasiga olib chiqadi
Anqara Myanmada musulmonlarning ommaviy o‘ldirilishi mavzusini BMT Bosh assambleyasi darajasiga olib chiqadi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an Myanmada rohingya musulmonlarining o‘ldirilishiga befarqlik qilayotgan xalqaro hamjamiyatning pozitsiyasidan afsus bildirdi.
Erdo‘g‘an Turkiya Myanmadagi qonli hodisalar masalasini eng oliy darajaga olib chiqishga va'da berdi. “Biz bu masalani 19 sentabrda BMT Bosh assambleyasida ko‘tarmoqchimiz. Myanma musulmonlari holatini BMT Bosh assambleyasida ishtirok etuvchi davlatlar yetakchilari bilan muhokama qilamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an, shuningdek, Islom hamkorligi tashkilotining amaldagi raisi sifatida Myanmadagi hodisalarni tashkilotga a'zo 20 ga yaqin davlat yetakchisi bilan muhokama qilganini ta'kidlab o‘tdi.
Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Turkiya hukumati huzuridagi favqulodda hodisalar oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi va Qizil yarimoy jamiyati orqali Myanmadagi Arakan viloyatiga yordam jo‘natilgan va jo‘natilishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025