Jamiyat | 19:15 / 06.09.2017
9826
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Press-klubda nuroniylar muammolari muhokama qilindi

Foto: Xalqaro Press-klub

6 sentabr kuni Xalqaro Press-klubda «Nuroniylar — boy hayotiy tajriba, ma'naviy tarbiya va ruhiy quvvat manbai» mavzusida anjuman o‘tkazildi. Tadbirda jamg‘armaning Respublika Boshqaruvi raisi Shuxrat Djalilov, «Nuroniy» jamg‘armasi Namangan viloyati bo‘limi raisi Ikromxon Najmiddinov, O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, yozuvchi Ibrohim G‘ofurov spiker sifatida, shuningdek, hamkor tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonunining mazmuni va mohiyatini, shuningdek keksalar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlarni muhokama qilish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. 

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishiga doir harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, jumladan respublikada aholining ijtimoiy hojatmand qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish borasida qilinayotgan keng miqyosli ishlar muhokama qilindi. 

Anjumanda keksalar va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirish, pensiya ta'minoti va ijtimoiy madad tizimini takomillashtirish, tizimli sog‘lomlashtirishni tashkil etish, kasalliklarni davolashning zamonaviy usullaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga yo‘naltirilgan bir qator davlat dasturlari qabul qilingani ta'kidlandi. 

Mavzuga oid