Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qiyinchilikdan qo‘rqmaydiganlar va mehnatdan qochmaydiganlar o‘qishi tavsiya etiladi
Taqdirning biz uchun yo‘llaydigan qiyinchiliklari, aslida, bizning kuchli bo‘lishimiz uchundir. Birinchi urinishda universitetga kira olmaganingiz yoki IELTS imtihonlaridan xohlagan natijaga erisha olmaganingiz – bu kelasi safar yuqori natijalarga erishishingiz uchun yana bir imkoniyatdir. Asosiysi, ruhan tushkunlikka tushmaslik, o‘qish va izlanishda davom etishdir.
Oliy o‘quv yurtiga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun ayni paytda yurtimizda 600 ga yaqin nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. INSPIRING EDUCATION o‘quv markazi va markaz qoshidagi STAGE PLUS til kurslari ana shunday ta’lim dargohlaridan biri bo‘lib, yoshlarga ta’lim berishda o‘ziga xos dastur asosida bilim berib kelmoqda. Nima uchun ikki nomli markazlar, degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Bu haqida batafsil esa maqolamiz davomida bilib olasiz.
O‘quv markazi o‘z faoliyatini boshlaganiga unchalik ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q, lekin bu davr mobaynida o‘ziga yarasha muvaffaqiyatlarga erishdi. Jumladan, markazda ta’lim olgan abituriyentlar bugun respublika va xalqaro oliy o‘quv yurtlari talabalariga aylanishdi.
Bizning markaz xodimlari turli o‘quv muassasalarida katta ilmiy tajriba orttirgan o‘qituvchilardir. Ularning mehnati samarasini o‘quvchilarining respublika va xalqaro fan olimpiadalarida erishgan yuqori natijalari misolida ko‘rish mumkin.
O‘quv markazi quyidagi kurslarni taklif etadi:
- O‘zbekiston va xalqaro oliy o‘quv yurtlariga kiruvchi abituriyentlar uchun maxsus dastur
- Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirish imtihonlariga tayyorlash
- Matematika, kimyo, fizika va ingliz tili fanlaridan respublika va xalqaro olimpiadalarga maktab va litsey dasturlarini chuqurlashtirilgan holda tayyorlash
Abituriyentlar uchun dastur
INSPIRING EDUCATION NTMning abituriyentlar uchun mo‘ljallangan maxsus o‘quv dasturi abituriyentlarni O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlashga qaratilgan. O‘quv jarayoni DTM tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturi va me’yorlari asosida olib boriladi. Abituriyentlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlanadilar:
- texnika,
- ijtimoiy fanlar,
- tabiiy fanlar.
Shuningdek, o‘quv markazimiz Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti Toshkent filiali, Singapur menejmentni rivojlantirish universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali kabi xalqaro oliy ta’lim muassasalariga ham sifatli tayyorlaydi.
Qo‘shimcha qulayliklar
O‘quvchilarning o‘quv jarayonini o‘zlashtirish monitoringi davlat standartlari asosida olib boriladigan test sinovi natijalariga qarab belgilab boriladi hamda har oyda o‘tkaziladigan test sinovi natijalari haqida sms xabarlari yoki telefon qo‘ng‘iroqlari orqali ota-onalar xabardor bo‘lishadi.
Test sinovlari natijasiga ko‘ra, guruhda eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchiga oylik to‘lovning 10 foiz miqdoridagi pul mablag‘i o‘quv qurollari va qo‘llanmalari ko‘rinishida (kitoblar,axborotnomalar, daftar va h.k) sovg‘a qilinadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tayyorlash
O‘rta maktab o‘quvchilarini O‘zbekiston Respublikasi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tayyorlash. O‘quv mashg‘ulotlari barcha fanlar bo‘yicha haftada 3 marta 2 astronomik soatdan olib boriladi. Har bir guruh o‘quvchilar soni 12 nafardan oshmagan holda shakllantiriladi. O‘quvchilar bepul tarqatma materiallar bilan ta’minlanadi.
Fan olimpiadalariga tayyorlash
Matematika, kimyo, fizika va ingliz tili fanlaridan mahalliy, respublika hamda xalqaro olimpiadalarga maktab va litsey dasturlarini chuqurlashtirilgan holda tayyorlash.
Ushbu o‘quv kurslarida quyidagilar ishtirok etishlari mumkin:
- O‘rta maktabning 8 9-sinf o‘quvchilari
- Akademik litsey va kollejlarning 1- va 2 bosqich talabalari
O‘quv kursining asosiy maqsadi o‘quvchilarni tanlagan fan bo‘yicha fan olimpiadalari va tanlovlarga qatnashish uchun chuqurlashtirilgan holda tayyorlash.
Markaz ichida markaz
Bundan tashqari markazimizda STAGE PLUS LANGUAGE LEARNING nomi ostida barcha turdagi ingliz tili kurslari taklif etiladi.
STAGE PLUS til kurslarida abituriyentlarni B1 darajasi bo‘yicha imtihonlarga tayyorlash uchun darslar olib boriladi.
Mashg‘ulotlar haftada 3 marta 2 astronomik soatdan olib boriladi. O‘quv kurslari xorijiy darsliklar hamda shu asosidagi audio va video materiallar bazasi asosida shakllantirilgan. O‘quv materiallari, ya’ni darslik va audio disklar bepul beriladi.
Ingliz tilidan xalqaro IELTS, GMAT imtihonlariga tayyorlash
STAGE PLUS til kurslari IELTS dasturi bo‘yicha imtihonlarga tayyorlashning bir necha turlari mavjud bo‘lib, siz unda guruh yoki yakka tartibdagi tayyorlanishni, uzoq muddatga mo‘ljallangan yoki, aksincha, qisqa muddatli tayyorlov treninglarini tanlashingiz mumkin. Tayyorlov turlari va uning jadal sur’atlarda o‘zlashtirilishi sizning tanlagan vaqtingiz yoki ingliz tilidan o‘zingiz ega bo‘lgan bilim darajangizga bog‘liqdir.
Auditoriya
O‘quv markazimizda o‘quv jarayoni uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Markaz o‘quv xonalari, keng va shinam ma’ruza auditoriyalari bilan ta’minlangan. Barcha fanlardan o‘quv darsliklari va qo‘llanmalari, xorijiy tillardagi badiiy adabiyotlar, vaqtli matbuot, chet tilini o‘rganish uchun audio va video materiallar hamda elektron darsliklar-u qo‘llanmalar bilan tanishish uchun internet tarmog‘iga ulangan kutubxona mavjud.
Bularning barchasi o‘z ustingizda ishlash va mustaqil ta’lim olishingiz uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
Bilim chegarasizdir va uni egallash uchun barcha imkoniyatlarni qo‘llash kerak.
Xitoy donishmandligida aytilishicha: «O‘qish – oqimga qarshi suzish: to‘xtab qoldingmi – u seni ortga surib ketadi». Erishilgan natijalar bilan cheklanib qolish kerak emas. Ishonamizki, bizning bergan bilimlarimiz va sizning mehnatsevarligingiz orqali o‘zingiz istagan natijaga, albatta, erishasiz.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi 24- «A» uy
INSPIRING EDUCATION o‘quv markazi bilan bog‘lanish:
+99871 278 07 97;
+99895 198 48 24;
+99895 177 48 24;
STAGE PLUS LANGUAGE LEARNING CENTRE bilan bog‘lanish:
+998 95 177-62-22
+998 90 327-76-70
+998 93 396-61-31
Telegram’dagi kanallar:
@stageplus_english
@stageplus_iels
Facebook: facebook.com/iedu.uz/
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025