Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladesh prezidenti Myanma musulmonlariga yordam berishga chaqirdi
Bangladesh prezidenti Ostonadagi IHT sammitidagi chiqishida Myanmadagi vaziyat yuzasidan bayonot bilan chiqdi. Tengrinews shu haqida ma'lum qildi.
Abdul Hamidning ta'kidlashicha, bugun Bangladesh Myanmadagi ro‘y berayotgan muammolarga bevosita jalb etilgan.
"Zero rohingya musulmonlari ommaviy ravishda bizning hududga ko‘chib o‘tmoqda va tabiiyki, biz ularga gumanitar yordam ko‘rsatishimiz kerak. Men xalqaro hamjamiyat, xususan IHTga muammolarni yechishda bizga yordam berishni va bu musulmon jamiyatining o‘z vataniga qaytishini ta'minlashni so‘rab murojaat qilmoqchiman. Toki ularga ham xavfsiz va barqaror hayot kechirish huquqi berilsin", - dedi Bangladesh prezidenti Abdul Hamid.
Undan tashqari, Qozog‘iston va Turkiya prezidentlari ham Myanmadagi vaziyatdan jiddiy tashvishda ekanliklarini bildirishdi.
Nursulton Nazarboyev tomonlarni BMT doirasida zo‘ravonlikka chek qo‘yishga va muloqot qilishga chaqirdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham bu borada o‘z fikrini bildirib, shunday dedi: "Bangladesh hukumati bilan birga insoniyatning bu dramasiga nuqta qo‘yishimiz kerak. Bangladeshdagi qochqinlar ham yordamga muhtoj. Biz ularga yordam berishga tayyormiz. Bu zo‘ravonlikka chek qo‘yish uchun barcha musulmon mamlakatlar birgalikda harakat qilishi kerak", - dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
13:32 / 30.04.2025
O‘zbekistonda “Bepul yuridik yordam ko‘rsatish kuni” o‘tkaziladi
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025