Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladesh rohingyalar uchun «xavfsiz hudud» tashkil etishni taklif qilmoqda
Bangladesh prezidenti Abdul Hamid BMT yoki Islom hamkorlik tashkiloti homiyligida Myanma hududidan kelgan qochqinlar uchun «xavfsiz hudud» tashkil qilishni taklif etdi.
U Ostonada o‘tgan IHT sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv vaqtida shunday fikr bildirgan.
Dakka bosim ostida
Prezident Bangladesh kabi aholisi zich yashaydigan davlat ko‘p miqdordagi qochqinlarni qabul qilishi qiyinligini qayd etib, Myanmani o‘z xalqini ortga chaqirib olishga chaqirgan.
BMT hisoblariga ko‘ra, ayni vaqtda Bangladeshda Myanmaning Rakxayn viloyatidan kelgan 270 mingdan ortiq rohingyalar joylashgan. Bangladesh bosh vaziri shayx Hasin ham bundan avvalroq Myanma hukumatini rohingyalarni ortga chaqirib olishga da'vat etgandi.
Bangladesh TIV rahbari Abul Hasan Mahmud Ali esa elchixonalar vakillari uchun brifing o‘tkazdi. Shundan so‘ng, u Rakxayndagi voqealarni genotsid sifatida baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki hafta ichida u yerda 3 ming kishi halok bo‘lgan. Rasmiy ma'lumotlarda esa bu miqdor 400 nafarga yaqin, deb ko‘rsatilgan.
«Faqat rasmiy Neypido bu inqirozni hal qilishi mumkin. Biz rohingyalarning vakillari iltimosiga ko‘ra Myanma bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazamiz. Biz urush qilmaymiz, chunki, bu hech qachon muammoni hal qilmaydi», deya vazirning so‘zlarini keltirgan Bangladesh matbuoti.
Savdo aloqalari davom etmoqda
Mahmud Ali Bangladesh va Myanma avval ham bunday kelishuvlarga erishgani haqida eslatib o‘tgan. 1992 yilda Myanma Bangladeshdagi 237 ming qochqin rohingyalarni qabul qilgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Bangladeshda kelib chiqishiga ko‘ra Rakxayndan bo‘lgan 700 mingga yaqin qochqinlar yashamoqda. Ularning 300 ming nafarga yaqini keyingi ikki haftada Bangladeshga kelgan.
Mavjud vaziyat savdoga ta'sir qilmoqda. Dhaka Tribune nashri ma'lumotiga ko‘ra, keyingi vaqtlarda ro‘y berayotgan hodisalar ikki davlat o‘rtasida savdo aylanmasini oshirish bo‘yicha rejalarni amalga oshirishni keyinga qoldirgan. Shu bilan birga, Bangladesh savdo vaziri Tofail Ahmad Myanma bilan savdo aloqalarini uzish rejasi yo‘qligi haqida ma'lum qilgan. Avvalroq Maldiv shunday yo‘l tutgandi.
Myanma harbiylari va xavfsizlik kuchlari avgust oyi oxiridan buyon Rakxayn shtatida rohingyalarga qarshi amaliyotlarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu amaliyotlar 25 avgust kuni rohingya jangarilari Rakxayn shtatida bir nechta politsiya postlariga va armiya kazarmalariga muvofiqlashtirilgan hujumlarni amalga oshirganidan so‘ng boshlanib ketgan. Hujum vaqtida 400 kishi halok bo‘lgan - shundan 30 nafari politsiyachilar. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, Bangladeshga 146 mingdan 300 ming nafargacha odam qochib o‘tgan.
Mavzuga oid
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona
23:25 / 23.12.2024