Jahon | 23:59 / 12.09.2017
6391
1 daqiqa o‘qiladi

Arakandan Bangladeshga qochgan musulmonlar 370 ming nafarga yetdi

25 avgustdan boshlab Myanmaning Arakan shtatidan Bangladeshga qochgan rohingya musulmonlari soni 370 mingga yetdi. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha muvofiqlashtirish qo‘mitasi matbuot kotibi Leonard Doyl ma'lum qildi. 

Avvalroq BMT Myanma hukumati BMTning inson huquqlari kengashi nozirlariga Arakanga tashrif buyurishga ruxsat bermayotganini ma'lum qilgandi.

Arakan shtatidagi musulmonlarga qarshi hujumlar 25 avgustda kuchaygan va “qurollangan jangarilarga qarshi kurash” bahonasida amalga oshirilmoqda. Shu sababli hududdagi gumanitar vaziyat keskin yomonlashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid