Sport | 11:55 / 12.09.2017
18434
2 daqiqa o‘qiladi

Dibala Messidan «shikoyat» qildi

Foto: Reuters

Turinning «Yuventus» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibalaning ma'lum qilishicha, u «Barselona» forvardi, argentinalik Lionel Messi bilan bir jamoada o‘ynashga qiynalmoqda, sababi har ikki futbolchi bir pozitsiyada o‘ynaydi.

«Messi mening pozitsiyamda o‘ynaydi, hamda men undan ko‘p narsani o‘rganishim mumkin. Masalan, o‘yinni tushunish, futbol intellekti va u maydonda jamoadagi sheriklari qanday harakatlanishi ko‘rishi borasida ko‘p narsani o‘rgana olaman. Kelajakda bularning bari menga katta foyda beradi. Albatta, shunday futbolchilar bilan o‘ynash katta omad. Biroq menga Messi bilan bir klubda o‘ynash qiyin, sababi har ikkimiz bir pozitsiyada to‘p suramiz. Nima bo‘lgan taqdirda ham, men unga moslashishim kerak, hamda Leo maydonda o‘zini qulay his etishi uchun harakat qilishim zarur», - deya Dibalaning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» hamda «Yuventus» o‘rtasidagi YeChL guruh bosqichining birinchi turi doirasida bo‘lib o‘tadigan bahs Kataloniya poytaxtida bugun o‘tkaziladi.

Mavzuga oid