Sport | 20:32 / 12.09.2017
31302
1 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Shanghay SIPG» yarim finalda! Odil Ahmedov penaltidan gol urdi

Osiyo chempionlar ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan Xitoyning «Guangchjou Evergrand» va «Shanghay SIPG» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi yakuniga yetdi.

Shanghayda kechgan uchrashuvda Odil Ahmedov jamoadoshlari bilan 4:0 hisobida zafar quchdi. Endi bu safar Luis Felipe Skolari shogirdlari o‘z uyida shunday g‘alabani qo‘lga kiritishdi va  hakam qo‘shimcha daqiqalarni belgiladi. Qo‘shimcha daqiqalarda ikkala jamoa ham bittadan gol kiritishdi. OChL reglamentiga muvofiq qo‘shimcha daqiqalarda mehmonda urilgan gol qoidasi bekor qilinishi bois penaltilar seriyasi belgilandi. 

Penaltilar seriyasida mezbonlar vakili Rikardo Gulartning xatosi yagona bo‘ldi. Mehmonlar tarkibida esa barcha futbolchilar, jumladan Halk, Oskar va Odil Ahmedov ham darvozani aniq nishonga oldi. Yakunda 5:4 hisobidagi g‘alaba Andre Villash-Boash jamoasini OChL yarim finaliga olib chiqdi.

Mavzuga oid