Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jan Klod Van Dammning o‘g‘li hibsga olindi
Belgiyalik aktyor Jan Klod Van Dammning kenja o‘g‘li, 21 yoshli Nikolas Van Varenberg biryo‘la bir necha ayblovlar bo‘yicha hibsga olindi. Xususan, u giyohvand moddalarni saqlash, birovni noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish va qurolli hujum sodir etishda gumon qilinmoqda, deya xabar beradi TMZ.
Manbaga ko‘ra, voqea Arizona shtatidagi Tempe shahrida ro‘y bergan. Varenbergning qo‘shnilari politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, uning liftni o‘ynab, ishdan chiqarayotganini aytishgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq himoyachilari yigitning kvartirasiga olib boruvchi qon izlarini aniqlashgan. Varenbergning qo‘shnisi eshikni ochib, uning qo‘li qonaganini aytgan.
Shundan so‘ng politsiya xodimlari ortlariga qaytishga qaror qilishgan. Kutilmaganda pastda o‘sha qo‘shni ularga yetib olib, Varenbergning kvartirasidan qochib chiqqani, Van Dammning o‘g‘li unga pichoq o‘qtalib tahdid qilganini ma'lum qilgan. Qo‘shnining so‘zlariga ko‘ra, uning huquq-tartibot xodimlariga eshikni ochgani yigitga yoqmagan.
Varenbergning xonasi tintuv qilinganda politsiya xodimlari u yerdan xuddi o‘sha pichoq va marixuana topishgan.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
09:16 / 20.03.2025