Sport | 02:57 / 14.09.2017
10990
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. «F» guruhi. «Manchester Siti»dan gollar yomg‘iri, Ukrainadagi kutilmagan yurish

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Yevropa chempionlar ligasining F guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar gollarga boy bo‘ldi. «Manchester Siti» Niderlandiyada bayram uyushtirgan bo‘lsa, «Napoli» kutilmaganda Ukrainada imkoniyatni boy berdi.

«Manchester Siti» «Feyyenord» mehmoni bo‘lib, Jon Stounzning dubli, Serxio Aguero va Gabriel Jyezusning gollari evaziga muvaffaqiyat qozondi. «Shaxtyor» esa nomdor raqibga qarshi dovdirab qolmadi. Tayson va Ferreyraning gollariga Arkadiush Milik penaltidan kiritgan goli bilan javob bera oldi xolos. Natijada birinchi turdan keyin «Siti» va «Shaxtyor» uch ochkodan to‘plagan holda guruhda yetakchilikni qo‘lga oldi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1-tur
F guruhi

Feyyenoord (Niderlandiya) – Manchester Siti (Angliya) 0:4 (0:3)
Gollar: 
Stounz (2, 63), Aguero (10), Gabriel Jyezus (25).
Feyyenoord: Jons, Nelom, van der Xeyden, Sen-Jyust, Bottegin, Trindade, Amrabat (Larsson, 78), Boetiyus, El-Axmadi, Bergeys (Tornstra, 46), Kramer (Vente, 72).
Manchester Siti: Ederson, Stounz, Uoker, Otamendi, Mendi, Fernandino (Sane, 72), Silva (Delf, 67), de Bryuyne, Bernardu Silva, Aguero (Sterling, 60), Gabriel Jyezus.
Ogohlantirishlar: de Bryuyne (15), Sen-Jyust (38), Kramer (40), Trindade (40), Bottegin (66).

Shaxtyor (Ukraina) – Napoli (Italiya) 2:1 (1:0)
Gollar:
 Tayson (15), Ferreyra (58) – Milik ( 71, penalti).
Shaxtyor: Pyatov, Ordets (Xocholava, 90), Ismaili, Srna, Rakitskiy, Fred, Stepanenko, Tayson, Marlos (Kovalenko, 77), Bernard, Ferreyra (Dentino, 88).
Napoli: Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Gamshik (Mertens, 60), Diavara, Kalexon, Zelinski (Allan, 67), Insine, Milik.
Ogohlantirishlar: Fred (68), Insine (68), Mertens (69), Stepanenko (71), Kulibali (82).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid