Sport | 03:02 / 14.09.2017
7141
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. «G» guruhi. «Leyptsig»ga debyut ochko, Portugaliyada kutilmagan natija

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Yevropa chempionlar ligasining G guruhidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda biroz kutilmagan natija qayd etildi.

Portugaliyada «Beshiktosh»ni qabul qilgan «Portu» kutilmaganda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Kiritilgan to‘rttala golga ham turkiyalik futbolchilar mualliflik qildi. Ularning biri avtogolga aylandi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida YeChLda debyut qilgan bundesliga kashfiyoti «Leyptsig» o‘tgan yilgi musobaqa kashfiyoti «Monako» bilan bilan ochkolarni bo‘lishib oldi. Emil Forsberg mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsada, tez orada Yuri Tilemans hisobni tenglashtirib, yakuniy natijani o‘rnatgandi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1-tur
G guruhi

RB Leyptsig (Germaniya) – Monako (Monako) 1:1 (1:1)
Gollar:
Forsberg (32) – Tilemans (34).
RB Leyptsig: Gulachi, Orban, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Zabittser, Demme, Ilzanker, Forsberg (Kampl, 63), Poulsen (Ogyusten, 80), Verner.
Monako: Benalo, Jyemerson, Glik, Jorjye, Sidibe (Gezzal, 84), Tilemans, Moutinyu, Diakabi (Keyta, 74), Fabino, Ture, Falkao (Karrilo, 89).
Ogohlantirishlar: Tilemans (10), Demme (26), Xalstenberg (72), Sidibe (81), Jyemerson (87).

Portu (Portugaliya) – Beshiktosh (Turkiya) 1:3 (1:2)
Gollar:
Toshich (21, avtogol) – Taliska (13), To‘sun (28), Babel (86).
Portu: Kasilyas, Felipe, Telles, Rikardu Pereyra, Markano, Korona (Andre Andre, 46), Oliver Torres (Otavio, 46), Marega, Danilu Pereyra (Ernani, 82), Braimi, Soares.
Beshiktosh: Fabrisio, Pepe, Erkin, Adriano (Uysal, 87), Toshich, Xatchinson, O‘zyaqub (Medel, 65), Taliska, Kuarejma (Negredo, 73), Babel, To‘sun.
Ogohlantirishlar: Rikardu Pereyra (11), Erkin (67), Andre Andre (81).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid