Sport | 13:57 / 03.08.2023
12865
3 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» «Monako»ni yengib Amirliklar kubogini qo‘lga kiritdi

O‘yinning asosiy vaqti durang hisob bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida londonliklarning qo‘li ustun keldi.

Amirliklar kubogi — 2023 finalida Angliyaning «Arsenal» va Fransiyaning «Monako» klublari uchrashdi. O‘yin Londondagi «Emireyts — Eshberton Grouv» stadionida o‘tkazildi.

O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi.

31-daqiqada monegaskliklar yarimhimoyachisi Yussuf Fofana Muhammad Kamaraning uzatmasidan keyin hisobni ochgandi. Bo‘lim oxirida esa londonliklar hujumchisi Eddi Nketia Gabriel Martinellining burchak jarima zarbasidan uzatgan to‘pini darvoza to‘riga joyladi.

O‘yinning asosiy vaqti yakunlanganidan keyin darhol penaltilar seriyasi boshlandi, unda «Arsenal» futbolchilari aniqroq harakat qilishdi — 5:4. Seriyadagi yagona xato zarba «Monako»ning yaponiyalik hujumchisi Takumi Minamino tomonidan amalga oshirildi, uning darvoza markaziga yo‘llagan zarbasini Ramsdeyl osonlik bilan to‘xtatdi.

«Arsenal» bungacha mavsumoldi yig‘inlari doirasida «Nyurnberg» (1:1), MLS yulduzlari (5:0), «MYu» (0:2) va «Barselona» (5:3) jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazgandi. Arteta shogirdlari 6 avgust kuni «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogi uchun o‘yin o‘tkazadi. Jamoa APLning yangi mavsumini 12 avgust kuni «Nottinghem»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

«Arsenal» – «Monako» – 2:1 (1:1)
Gollar:
0:1 – Fofana (31), 1:1 – Nketia (43).
Penaltilar seriyasi: Enrike – 0:1, Edegor – 1:1, Fofana – 1:2, Jorjino – 2:2, Diatta – 2:3, Haverts – 3:3, Minamino – xato, Viyeyra – 4:3. Folland – 4:4, Magalyaes – 5:4.
«Arsenal»: Ramsdeyl, Saliba (Magalyaes, 62), Kiver, Tomiyasu (Uayt, 63), Timber (Tirni, 62), Parti (Jorjino, 63), Rays (Havers, 62), Viyeyra, Smit-Rou (Edegor, 62), Martinelli (Trossar, 62), Nketiya (Markinos, 83).
«Monako»: Kyon, Maripan, Matsima, Magassa, Fofana, Kamara (Matazo, 73), Enrike, Kampush (Diatta, 73), Ben-Segir (Minamino, 46), Golovin (Akliush, 84), Ben Yyedder (Folland, 73).

Mavzuga oid