Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Venesuela neft savdosida dollardan voz kechdi
Venesuela hukumatining neft eksportchilariga xabar qilishicha, mamlakat endilikda hisob-kitoblarni AQSh dollarida yuritmaydi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan yozmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, bunday qaror mamlakat iqtisodiyotiga Amerika sanksiyalari ta'sirini cheklash imkonini yaratadi.
Endilikda, Venesuela neftini eksport qiluvchi yoki mamlakatga neft mahsulotlari importini amalga oshiruvchi neft treyderlari yevroga o‘tishdi.
Biroq, gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, dollardan voz kechish haqida rasman ma'lum qilinmadi.
Avvalroq Venesuelada neft bilan bog‘liq 200 mln dollarlik o‘g‘irlik holati tergov qilinayotgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV
22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti
17:35 / 21.04.2025