O‘zbekiston | 14:30 / 18.09.2017
13387
1 daqiqa o‘qiladi

Tasdiqlanmadi. Prezidentning matbuot xizmati rahbari lavozimi hali bo‘sh

Shoir Minhojiddin Mirzo O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga rahbar bo‘lgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi. Prezident matbuot xizmati Kun.uz saytida biroz avvalroq shu haqda chiqqan xabarni inkor etdi.

29 avgust kuni Asad Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi lavozimidan ozod etilgandi. Bu lavozim hamon bo‘sh qolmoqda.

Minhojiddin Hojimatov aprel oyida Madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi. Avgust oyida esa bu lavozimidan olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga ishga o‘tkazilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid