Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ayrim tanqidlar, savollar ochiq qolyapti». Sherzod Asadov vazirlik va idoralar matbuot kotiblari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda matbuot xizmatlari faoliyati, ularning jurnalist va blogerlar bilan hamkorligi darajasi tahlil qilindi.
Keyingi besh yilda mamlakatda butkul yangi - davlat idoralari va tashkilotlarining matbuot kotiblari instituti shakllangan bo‘lib, ularga keng vakolat va imkoniyatlar taqdim etilgani alohida qayd etildi. Endilikda, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zlari ishlayotgan tashkilotning ochiqligini ta'minlash va islohotlar natijasini aholiga yetkazishdagi rolini kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi. Shu bilan birga, ayrim vazirlik va idoralarning matbuot xizmatlari sust ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi.


– Ayrim tanqidlar, savollar ochiq qolyapti. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqayotgan tanqidiy materiallarga tezkor munosabat bildirish, aholiga to‘liq axborot berish shart. Bu bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirishimiz, hamkorlik vertikalini yaratishimiz kerak. Buning uchun prezident matbuot xizmati doimo ochiq, - dedi Sherzod Asadov.
Prezident matbuot kotibi bilan davlat idoralari matbuot kotiblari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yish mexanizmi kelishib olindi.


Ochiq muloqotda matbuot kotiblari o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Sherzod Asadov ularning savollariga javob berdi.
Mavzuga oid
18:12 / 03.05.2025
Jamiyatda jurnalist mehnati hurmat qilinadigan muhitni saqlab qolish muhim - Sherzod Asadov
16:11 / 17.04.2025
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi
15:55 / 25.02.2025
Sherzod Asadov Qozog‘istonning yetakchi OAV holdingi asoschisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
17:36 / 07.02.2025