Fan-texnika | 23:00 / 19.09.2017
9698
3 daqiqa o‘qiladi

BMW Tesla Model S raqobatchisini taqdim etdi

Foto: hi-news.ru

Elektromobillar allaqachon noyoblik darajasidan tushib, asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, iste'mol bozoriga kirib kelmoqda. Elektrokarlar orasida dong‘i ketgan modellardan biri esa, shubhasiz, Tesla Model S avtomobilidir. Ammo, tez orada, Ilon Mask g‘oyasining jiddiy raqibi paydo bo‘ladigan ko‘rinadi. Bu mashhur avtomobil giganti BMW tomonidan ishlab chiqariluchi elektromobil bo‘ladi.

Ta'kidlash kerak, ta'bir joiz bo‘lsa, ko‘plab modellar Tesla Model S elektrokari «panjasiga panja urish»ga urinib ko‘rdi. Aytaylik, Nissan Leaf, Chevrolet Bolt va boshqa qator startaplar shular jumlasidan. Ammo ularning kuzovi odatdagi 4 eshikli sedandan farqlanadi. BMW kompaniyasining yangi elektrokari ayni shu toifaga tegishli bo‘ladi. Hozirda Model S raqobatchisining kontsepti tayyor. U i Vision Dynamics nomi bilan atalgan.

Nazvaniye

Kompaniya rahbariyati o‘zining yangi elektrokarining yakuniy nomini ma'lum qilganicha yo‘q. Biroq, u BMW i5 deb nomlanishi haqida taxminlar bor. Uning qachondan seriyali ishlab chiqila boshlashi ham ma'lum emas. BMW vakillarining ta'kidlashicha, yangi model 2025 yilgacha mo‘ljallangan keng qamrovli yangilanishlarning bir qismi bo‘ladi. Ushbu yangilanish dasturi doirasida 25 ta elektrokar taqdim etiladi. Ularning 12 tasi to‘liq elektrli, qolgani gibridli mashinalar bo‘ladi. 

Nazvaniye
Nazvaniye

Texnik ko‘rsatkichlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, BMW i Vision Dynamics bir marta quvvatlangach 600 km masofani ortda qoldira oladi. Elektromobilning eng yuqori tezligi soatiga 200 km bilan cheklangan bo‘ladi. U 0 dan 100 km/soat tezlikka 4 soniyada erishadi. i Vision Dynamics dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, bu yerda Tesla ta'siri yaqqol ko‘zga tashlanadi. Kuzovning agressiv chiziqlari uzun g‘ildiraklar bazasi bilan birga nigohni o‘ziga tortadi. BMW Group Desig vitse-prezidenti Edrian van Xoydonkning aytishicha, «BMW i3 va BMW i8 amalda shahar hamda sport mashinalari hisoblanadi. BMW i Vision Dynamics esa oraliqdagi bo‘shliqni to‘ldiradi va barcha BMW avtomobillariga xos bo‘lgan jihatlar — yuqori harakatchanlik, nafislik va qulaylikni mujassam etadi».

Mavzuga oid