Kelesda 18 yoshli yigit qasddan odam o‘ldirdi
Toshkent tumani Keles shahrida qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir qilindi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar bergan.
Xususan, 17 sentabr kuni tungi vaqtda tumanda yashovchi A.Z. (1999 y.t.) tumandagi uylardan biriga deraza orqali kirib, pichoq bilan qurollangan holda mazkur uyda yashovchi uxlab yotgan fuqarolarga hujum qilgan.
Yetkazilgan ko‘plab jarohatlar natijasida 1988 y.t. ayol kishi halok bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i (1987 y.t.) jinoyat vaqtida uyg‘onib, tajovuzkorni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, biroq u ham og‘ir tan jarohatlari olgan (shifoxonaga joylashtirilgan).
Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida A.Z. ushlandi.
Hozirgi vaqtda jinoyatning sabablari aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:03 / 19.11.2024
“Ko‘p kayf qilib yuborganman” - 3 yashar bolaning qotili o‘sha kuni “glyuk”da bo‘lganini aytdi
21:47 / 15.11.2024
Qotil giyohvand bo‘lgan: 3 yoshli bolani o‘ldirgan erkak ustidan sud boshlandi
18:12 / 09.11.2024
Bir chuqurdagi ikki murda – Payariqdagi qotillik tafsiloti
19:18 / 02.11.2024