Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT afrikalik albinoslar o‘ldirilishiga chek qo‘ymoqchi
Jyenevada BMTning Inson huquqlari kengashi shafeligida albinoslarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish masalasi ko‘riladigan ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tadi. Tadbirda huquq himoyachilari, qurbonlarning o‘zlari ishtirok etadilar.
Ma'lumki, Afrikaning ba'zi joylarida albinizmga uchraganlar hanuzgacha ularning tanasi qismlarini olish uchun o‘ldirib va mayib qilinib kelinadilar. Mish-mishlarga qaraganda, albinoslarning tana qismlari mo‘'jizaviy kuchga ega. Ma'lum qilinishicha, bu borada vaziyat tobora yomonlashib bormoqda.
Albinoslar huquqlari bo‘yicha maxsus ma'ruzachi Ikponvoza Eroning aytishicha, albinoslarni qo‘llab-quvvatlovchi qonunlar har doim ham qo‘llanmaydi, askariyat hollarda jinoyatchilar jazodan qutulib qoladilar.
"Seminar huquq himoyachilariga nima uchun albinoslarning tana qismlari shunchalik talabgir ekanligi, bir qator davlatlarning qishloq hududlari odamlari hali ham "davolovchi-afsungarlar"ga ishonishlarini tushunishga imkon beradi", deb aytilgan xabarda.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025