Jamiyat | 07:55 / 22.09.2017
4235
1 daqiqa o‘qiladi

Dominikada "Mariya" dovul oqibatida 15 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Karib dengizidagi Dominika davlati bosh vaziri Ruzvelt Skerrit "Mariya" dovuli orolning kamida 15 kishisi hayotini olib ketganini ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, yana 20 kishi bedarak yo‘qolgan. Infratuzilmaga yetkazilgan zarar esa misli ko‘rilmagan darajada baholanmoqda.

"Ayni vaqtda biz 15 kishini dafn etdik, bir qishloqda 13 kishi, boshqasida 5 kishi va yana bir kommunada 2 kishi bedarak yo‘qolgan", deb aytdi Skerrit ABS telekanali efirida.

Skerritning ta'kidlashicha, dovul oqibatlarini bartaraf etish ko‘p vaqt va katta mablag‘larni talab etadi.

Dominika orol davlati maydoni 754 kvadrat kilometrni, aholisi esa 73 ming kishini tashkil qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid