Jamiyat | 20:18 / 23.09.2017
38891
2 daqiqa o‘qiladi

Hayotda juda qiynaldingizmi? Nolishga shoshilmang... (video)

Hayot murakkab. Kimdir unda boshini baland turib, hech kimdan biron narsa ta'ma qilmay yashasa, boshqalar istalgan yo‘l bilan bo‘lsa ham o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishga harakat qiladi.

Hayotni juda qiyin, deb nolishga shoshilmang. Zero, shu vaqtning o‘zida sizdan ming chandon ham og‘ir mushkulliklarga, sinovlarga duch kelgan odamlar bor ekanligi yodingizda tursin. Alloh harakat qilgan insonga rizqini berib turadi. Qimirlagan, halol mehnat qilgan odam borki, albatta buning rohatini ham ko‘radi.

Afsuski, shiddat bilan, shamolday yelib o‘tayotgan bugungi zamonda begonalar-ku mayli, biroq yaqinlarimizning holidan ham xabar ola olmayotganimiz bor gap. Turmush tashvishlari, turli yugur-yugurlarga aralashib qolib, o‘zimizga qadrli bo‘lgan insonlarni e'tiborsiz qoldirayotganimiz ham uchrab turadi. 

Biroq, eng asosiysi – inson hayotda turli sinovlarga duch kelishi mumkinligini yodda tuting. Agarda, kimdir sizdan yordam so‘rasa, ishoning, u buni ming istihola bilan qilmoqda. Rad etishga shoshilmang - ertaga siz ham uning ahvoliga tushib qolishingiz mumkin...

Eng osoni – qayrilib ketish, biroq tushunish va yordam berish uchun esa haqiqiy qalb zarur. Azizlar, atrofdagilarga mehr va muruvvatli bo‘laylik!

Mavzuga oid