Nyu-Yorkda Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda mushtlashuv chiqdi
Nyu-Yorkda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tarafdorlari uning nutqiga xalaqit qilmoqchi bo‘lgan erkakni do‘pposlab ketishdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Voqea Erdo‘g‘anning Marriott Marquis mehmonxonasida AQShdagi turk diasporasi bilan uchrashuvida yuz bergan. Erdo‘g‘an nutq so‘zlayotgan vaqtda zaldagi bir erkak o‘rnidan turib, "Sen terrorchisan. Mening davlatimdan yo‘qol!" deb baqira boshlagan. Uni zaldagi bir necha kishi qo‘llab-quvvatlagan.
Erdo‘g‘an tarafdorlari esa norozilarning ovozini o‘chirish uchun Turkiya prezidentining nomini aytib hayqira boshlashgan. Shunda Erdo‘g‘an tarafdorlari va unga qarshilar orasida to‘polon chiqqan. To‘polonni xavfsizlik xizmati xodimlari bostirishgan. Ular janjalkashlarni zaldan olib chiqib ketishgan.
Norozilik aksiyasi ishtirokchilaridan birining aytishicha, ularning maqsadi "Turkiyaning harbiy jinoyatlari va kurd xalqiga qarshi inson huquqlarini buzishiga e'tiborni qaratish" bo‘lgan.
Nyu-York politsiya departamentining ma'lum qilishicha, 5 nafar namoyishchi vaqtinchalik hibsga olinib, qo‘yib yuborilgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Bunday ko‘ngilsiz hodisa Turkiya prezidentining AQShga tashrifi vaqtidagi birinchisi emas. May oyida Turkiyaning Vashingtondagi elchisi qarorgohi yonida Erdo‘g‘an qo‘riqchilari va unga qarshilar orasida janjal chiqqandi. Ta'kidlanishicha, voqea joyida bo‘lgan Erdo‘g‘an uning qo‘riqchilari namoyishchilarni do‘pposlayotganlarini shaxsan kuzatib turgan. O‘shanda AQSh davlat departamenti ushbu hodisa yuzasidan Turkiyaga norozilik bildirgandi. Anqara esa o‘z nomiga bildirilgan ayblovlarni tan olmagan va bu hodisa AQSh hukumati zaruriy xavfsizlik choralarini ko‘rmagani sabab yuz berganini aytgan.
Mavzuga oid
07:32 / 18.06.2024
Toshkentda elektrobus va 2 ta yengil mashina haydovchilari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
16:14 / 15.05.2024
Toshkentda maktab qo‘riqchisi va oshxona xodimi mushtlashdi
09:15 / 30.04.2024
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
20:43 / 15.04.2024