Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi
Poytaxtdagi tungi klublardan birining oldida erkak va ayolga kuch ishlatib, ulardan biriga og‘ir jarohat yetkazishda gumonlangan shaxs Qozog‘istonda ushlandi. Hozirda uni ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Foto: Toshkent shahri IIBB
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi «12» (Twelve) tungi klub oldida bir qator fuqarolar, xususan, Boris Avakyanga jarohat yetkazishda gumonlanayotgan Akmal Shukurov Qozog‘istonda qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
16 martga o‘tar kechasi «12» tungi klubi oldida ikki kishi — Akmal Shukurov va uning tanishi Xurshid A. o‘rtasida janjal kelib chiqqan va mushtlashuvga aylangan. Boris Avakyan ularni ajratmoqchi bo‘lgan, ammo boshidan ikki marta zarba yeb, hushidan ketgan. U «bosh suyagi jarohati, o‘ng yonoq terisining yirtilishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Tarqalgan videolarda tungi klub joylashgan The Tower mehmonxonasining oldida Shukurov erkakka ikki marta musht tushirgach, yana Xurshid A. bilan yana mushtlashib, shu yerdagi ayollardan birini ham kaltaklagani ko‘rinadi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277- (bezorilik) va 104-moddalari (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlangan. Hozirda uni Toshkent shahriga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid

10:24 / 01.05.2025
Toshkentda yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu oxirgi haftadagi uchinchi yirik yong‘in

13:51 / 30.04.2025
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi

09:14 / 27.04.2025
Toshkentda yigit o‘ziga tanish qizni kaltakladi, maktablardan birida esa ikki o‘quvchi janjallashdi

16:56 / 27.03.2025