O‘zbekiston | 15:00 / 24.09.2017
31289
2 daqiqa o‘qiladi

«Oliy ta'lim muassasalari diplom ishlab chiqarish dargohiga aylanib qoldi​»

Xalqaro ekspertlar ishtirokida Toshkentdagi davra suhbatida qatnashgan Moskva davlat Xalqaro munosabatlar instituti prorektori Yevgeniy Kojokin «Rossiyadagi ta'lim yo‘nalishida bugungi kunda yuz berayotgan hodisalar - aksil-islohot» ishlari ekanini ta'kidlab o‘tdi.

«Islohotga qarshi harakat, deyishimga yetarlicha asoslar bor. Biz 90-yillarning boshida ta'limda katta o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaror qildik, xususan, to‘lov-kontrakti asosida yangi o‘qish turini joriy etdik. Bundan keyin katta yutuqlarga ko‘z tikildi, ammo ta'lim sifati tushib ketmoqda. Oliy ta'lim muassasalari esa diplom ishlab chiqarish dargohiga aylanib qoldi, xolos.

Post-sovet davlatlarida diplomsiz ishga qabul qilmaslik amaliyotiga barchaga sir emas, oqibatda institutning diplom berishi muhim vazifaga aylanib qoldi. Pirovard natija shuni ko‘rsatadiki, millatning yetakchi ziyolilari ijtimoiy adolatsizlik, kam maosh olish bahonasida poraxo‘rlikka qo‘l urishni boshladi.

Men kimgadir boshqa kimsaga ilmiy ishni qanday yozishni tushuntirib berishi ijobiy holatdan mujda beradi, deb o‘ylamayman. Ta'limga e'tibor qilmay turib, siyosatda katta muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Sobiq Sovet makonida paydo bo‘lgan mustaqil davlatlar tajribasiga, bosib o‘tgan yo‘liga e'tibor qiling», deydi u.

Mavzuga oid