Jahon | 07:51 / 26.09.2017
6045
2 daqiqa o‘qiladi

BMT oliy komissari rohingya qochqinlarining ahvoli ayanchli ekanini ma'lum qildi

Foto: AP

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi Myanmaning Arakan shtatidan Bangladeshga qochgan rohingya musulmonlarining ahvoli murakkabdir, deb aytdi. 

Bangladeshdagi qochqinlar lagerida bo‘lgan diplomat gumanitar holatning yanada yomonlashishi mumkinligini aytdi.

Gumanitar yordam hammaga yetmasligi xavfi bor, chunki qo‘shni davlatga ko‘p miqdorda rohingyalar kelgan. "Men aytishga so‘z ojizlik qiladigan dahshatni boshdan kechirgan musulmonlar bilan lagerlarda gaplashdim. Ularning qishloqlariga o‘t qo‘yishgan, oilalari a'zolarini o‘ldirishgan, ayollari va bolalarini ham ayab o‘tirishmagan", deb aytdi Grandi.

Uning aytishicha, ko‘plab musulmonlar o‘z ona yerlariga qaytishni istashmoqda, biroq Myanma bu xalq vakillarining huquqlari poy-mol qilinishiga chek qo‘yishi lozim.

Rohingya musulmonlari Yevropa kengashi matbuot kotibi Anita Shugning ma'lum qilishicha, Arakanda 3 kunning ichida harbiylar va millatchi buddachilarning hujumi oqibatida 2-3 ming musulmon halok bo‘lgan. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.  

Mavzuga oid