Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo shahrida 9ta do‘kon yonib ketdi
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo shahridagi savdo do‘konlari qatorida 23 sentabr kuni yong‘in yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Shaharning O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Yong‘in oqibatida jami 9ta savdo do‘konining 280 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va jihozlari yongan.
«Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, yong‘in sababi aniqlanmoqda», — deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025