Fan-texnika | 17:11 / 27.09.2017
8113
2 daqiqa o‘qiladi

«Star Trek» serialidagi qurilmalar ekrandan hayotga ko‘chmoqda - Baidu tarjimoni

Foto: Nikkei

Star Trek ilmiy-fantastik serialining universal tarjimoni tez orada haqiqatga aylanishi mumkin. Xitoyning Baidu qidiruv giganti ishlab chiqaruvchilari sayyohlarning Osiyo mamlakatlari va ingliz tilida so‘zlashuvchi joylar bo‘ylab safarini yengillashtiruvchi qurilmani ishlab chiqarishga kirishishdi. Qurilmaning ishlash tamoyili "Yulduzli yo‘l" seriali qahramonlari foydalanuvchi muqobil qurilmani yodga soladi. Hi-News shu haqida xabar berdi. 

Ha, smartfonlar uchun universal tarjimon-ilovalar funksiyalari bir-biriga o‘xshash, biroq Baidu'ning gadjyeti telefon batareyasini sarflamaydi va doim xizmatga tayyor turadi, smartfonlardagi dasturlarni esa vaqti-vaqti bilan yangilab turish kerak. 

Bundan tashqari, Baidu'ning tarjimoni Wi-Fi ulasha oladi, zero u internetga ulanish imkoni bilan ta'minlangan. Tarjimon ko‘p joy olmaydi, uning og‘irligi bor-yo‘g‘i 150 grammdan iborat. 

Baidu'da tarjimonlarni faqat sotish emas, balki foydalanuvchilarga ijaraga berish ham rejalashtirilmoqda. Bu esa Xitoyga xizmat safari bilan kelgan, tilni mutlaqo tushunmaydiganlar uchun ayni muddaodir. Qurilmalarning sotuv va ijarasi  dastlab Xitoyda, keyin esa Yaponiya bozorida yo‘lga qo‘yiladi. Tarjimondagi tillar soni va uning narxi haqida hozircha ma'lumot berilmadi. 

«Star Trek» serialini ko‘p jihatdan bashoratchi deyish mumkin - birinchi marta unda ko‘ringan texnologiya va gadjyetlar vaqt o‘tgach televizor ekranlaridan real hayotga ko‘chmoqda. 

 

Mavzuga oid