Sport | 02:13 / 28.09.2017
18588
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL, «S» guruhi. Super stadiondagi super drama

Foto: Twitter/Premierleague

Yevropa chempionlar ligasining «S» guruhida bo‘lib o‘tgan 2-tur so‘nggi uchrashuvi dramatik voqealarga boy bo‘ldi. Madridda «Atletiko» mehmoni bo‘lgan, Londonning «Chelsi» klubi so‘nggi daqiqalarda ko‘rsatgan irodasi evaziga g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning birinchi bo‘lim 40-daqiqasida David Luiz ishlatgan qo‘pollik sabab belgilangan penaltini Antuan Grizmann aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Alvaro Morata faoliyati davomida ilk marta «Atletiko» darvozasini ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi. Hamma uchrashuv shu hisobda tugaydi deb turganida, «Chelsi» so‘nggi soniyalarda haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdi. Mishi Batshuayi tomonidan kiritilgan gol «Chelsi»ga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Chelsi» hisobidagi ochkolar soni 6taga yetdi. «Atletiko» esa 1 ochko bilan 3-o‘rinda qolmoqda.

Yevropa chempionlar ligasi, 2-tur
«C» guruhi
Atletiko (Ispaniya) – Chelsi (Angliya) 1:2 (1:0)

Gollar: Grizmann (40, penalti) – Morata (59), Batshuayi (90+4).
Atletiko: Oblak, Godin, Filipe Luis, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Saul, Parti (Ximenes, 77), Ferreyra Karrasko (Torres, 69), Koke, Korrea (Gaytan, 71), Grizmann.
Chelsi: Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Mozes, Fabregas (Kristensen, 86), Kante, Azar (Villian, 82), Bakayoko, Alonso, Morata (Batshuayi, 82).
Ogohlantirishlar: David Luiz (39), Parti (47), Grizmann (54).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid