Intel va Ericsson Xitoyda 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazishdi
Intel va Ericsson kompaniyalari Pekinda ilk marta ko‘p turdagi simsiz 5G tarmog‘ining o‘zaro ishlashini namoyish qilishdi. Sinov 5G tarmog‘ini yoyish uchun mo‘ljallangan 3,5 GGts li diapazonda amalga oshirilgan.
Bu sinovlar Xitoyning sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi rahbarligi ostida mamlakatning yirik aloqa operatorlari uchun ajratilgan diapazonda simsiz interfeys va apparat ta'minotining o‘zaro mosligini tekshirish doirasida bo‘lib o‘tgan.
Ericsson muhandislari yaratgan prototip Massive MIMO texnologiyasidan foydalangan, Intel esa 5G New Radio standartini qo‘llab-quvvatlovchi 3-avloddagi Mobile Trial Platform platformasini taqdim qilgan.
Bundan tashqari, Intel o‘tgan haftada 5G New Radio bayonnomasi sinovlari bo‘yicha Huawei kompaniyasi bilan sherikchilik kelishuvini imzolaganini ma'lum qilgan. Intel sinovlar vaqtida 6 GGts dan pastroq diapazonda Huawei bazaviy stansiyasi prototipi bilan birga Mobile Trial Platform’dan foydalanmoqchi. Huawei’da ta'kidlanishicha, bu sinovlar ushbu industriyaning bo‘lg‘usi yo‘nalishini belgilaydi hamda 5G standartidan tijorat maqsadlarida foydalanishga oz qolganini ko‘rsatadi.
Qualcomm rahbari Stiven Mollenkopfning fikricha, 5G formatiga ommaviy o‘tish u taxmin qilgandan bir yil avval, ya'ni 2019 yilda boshlanadi. Birinchi bo‘lib do‘konlarida 5G’ga ega qurilmalar paydo bo‘ladigan davlatlar orasida AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:32 / 26.11.2024
Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
01:02 / 25.10.2024
Xitoyda 5G aloqa tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 1 milliarddan oshdi
22:02 / 12.10.2024
Intel o‘z tarixidagi eng yirik inqirozga duch keldi. Kompaniya Qualcommʼga sotib yuborilishi mumkin
13:00 / 09.10.2024