Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: AQShda prezident iste'fosi talab qilingan ijtimoiy banner paydo bo‘ldi
AQShning Kaliforniya shtatidagi katta magistral yo‘l yoqasida prezident Donald Trampning impichmentini talab etuvchi ijtimoiy banner paydo bo‘ldi. Prezident iste'fosini talab etishga targ‘ib etuvchi banner Oklenddan San-Frantsiskoga ketish yo‘lida o‘rnatilgan.

CBS News xabariga ko‘ra, ushbu tashabbus muallifi «Jasorat kampaniyasi» tashkiloti bo‘lib, ular bu ulkan ijtimoiy banner hozircha prezident iste'fosi haqida so‘z ochishni istamay turgan Kongress a'zolariga bosim o‘tkazishidan umid qilishmoqda.
«Bundan avvalgi prezidentlar ham qo‘l urmagan, rahbar etikasiga xos bo‘lmagan nomaqbul harakatlari bilan Donald Tramp AQSh tarixidagi eng yomon davlat yetakchisi bo‘lib qoladi», deydi tashkilot direktori Eddi Kurtz.
Ayni kunlarda esa prezident harakatlarini parodiya san'ati orqali tanqid qilib kelayotgan aktyor Alek Bolduin yana Saturday Night Live dasturiga qaytgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, u joriy yilning sentabr oyida aynan AQSh prezidenti Donald Tramp parodiyasini yaratgani uchun «Emmi» mukofotiga loyiq deb topilgandi.
Mavzuga oid

13:51 / 08.06.2024
Toshkentda turar joy binolaridagi barcha mozaikalardan reklama bannerlari olib tashlandi

09:36 / 18.04.2024
Toshkentda yana bir mozaikali binodan reklama bannerlari olib tashlandi

15:59 / 30.04.2021
Andijondagi 1xbet noqonuniy reklama bannerlari olib tashlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan surishtiruv o‘tkazilmoqda

10:29 / 12.08.2020