Jahon | 19:10 / 04.10.2017
10579
2 daqiqa o‘qiladi

Qatar Airways yo‘lovchisi musulmonlar sha'niga bildirgan so‘zlari uchun qamalishi mumkin

Foto: twitter.com/@qatarairways

Qatarning Qatar Airways milliy aviakompaniyasi yo‘lovchisi samolyotdagi o‘rindig‘i tirsakqo‘ygichiga musulmonlarning nafsoniyatiga teguvchi iborani tirnab yozgani uchun qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Bu haqda Evening Standard nashri xabar bermoqda

Voqea bu qilmishni amalga oshirishda ayblanayotgan 36 yoshli yo‘lovchi Jozef Breslin biznes-klass bilan Londonga uchayotganda sodir bo‘lgan. Nashrning yozishicha, unga samolyotdagi xizmat ko‘rsatish yoqmagan. Bundan tashqari, u parvozdan charchagan holda bo‘lgan va bularning barchasi uni haqoratli iborani yozishga undagan.

Samolyot qo‘nishi bilan, Breslin shu so‘zlarni salfetkaga ham yozib, uni musulmoncha kiyimda bo‘lgan ikki yo‘lovchi oldiga otgan. Ma'lum qilinishicha, ushbu hodisa 8 iyulda yuz bergan va shundan keyin Breslin hibsga olingan.

Breslinning sudda aytishicha, u yo‘lovchilardan birining xatti-harakatidan g‘azabga kelgan. Ayblanuvchining ta'kidlashicha, yo‘lovchi uning jahlini chiqarish uchun ataylab atrofga atir sepa boshlagan. Breslin o‘z aybini tan olgandan keyin, 31 oktabrda hukm chiqarilguncha garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan. O‘shanda sudya Breslin qamoq jazosiga tortilishi mumkinligini aytgan.    

Mavzuga oid