Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladesh chegaralarida 100 minggacha musulmon to‘planib qolgan
Myanma va Bangladesh chegarasida yuz ming rohingya musulmonlari to‘planib qoldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) vakili Joel Millman Jyenevadagi matbuot anjumanida ma'lum qilgan. Bu haqda Anadolu agentligi yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 100 mingga yaqin rohingya musulmonlari Myanmaning Arakan viloyati Butxidaung shahrida to‘plangan. Ular Bangladeshning Koks-Bozoriga o‘tish uchun ruxsatni kutmoqda.
Millatchi buddalar zulmidan Bangladeshga qochgan musulmon rohingyalar soni, IOM vakilining aytishicha, 515 mingga yetgan.
IOM vakilining kuzatuvlarga asoslagan holda aytishicha, kuniga 2 mingga yaqin qochqin Myanma-Bangladesh chegarasini kesib o‘tadi.
«Xalqaro migratsiya bo‘yicha tashkiloti jahon hamjamiyatidan Arakan qochqinlariga ko‘mak berish maqsadida 120 mln dollar mablag‘ so‘ragan. Bu mablag‘lar 450 ming qochqinni yarim yil mobaynida barcha zaruriy narsalar bilan ta'minlashga yetadi», - degan Millman.
Mavzuga oid
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona
23:25 / 23.12.2024