Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas krossovkalarini robotlar ishlab chiqaradi
Shu yil oktabr oyining ikkinchi yarmidan e'tiboran Adidas konserni «Adidas Made For» (AM4) krossovkalarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Ularning boshqalaridan farqli jihati robotlar tomonidan yasalganidir. Ularni dunyoning 6 shahri: London, Parij, Los-Anjyeles, Nyu-York, Tokio va Shanxaya aholisi xarid qila oladi. Bunda Lonon va Parijdagi sotuvlar yaqin orada boshlanadi, boshqalariga 2018 yil boshida yetkazib beriladi.
Kontsernning birinchi to‘liq robotlashtirilgan zavodi Germaniyada ishga tushishga shay holatda. U yuqorida qayd etilgan shaharlardagi do‘konlarni to‘liq mahsulot bilan ta'minlay oladi. Yengil va qulay AM4 seriyasidagi krossovkalar yirik megapolislarda yashaydiganlar uchun maxsus ishlab chiqildi. Poyabzallar har bir shaharning iqlimi va landshaftini e'tiborga olgan holda ishlab chiqarilgani bois, modellar bir-biridan farqlanadi.
Adidas firmasining ikkinchi robotlashgan zavodi AQShning Atlanta shahrida ochiladi. Uning ishlab chiqarish quvvatlari nafaqat bir modelni ishlab chiqishga yetadi. Kontsern allaqachon ishlab chiqarishni avtomatlashtirish yo‘lini tanlagan va poyabzallar uchun tagliklarni 3D-printer vositasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan edi.
Mavzuga oid
22:14 / 13.05.2025
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi
21:49 / 08.05.2025
Adidas va Volkswagen natsistlarning hokimiyat tepasiga kelishiga javobgarligini tan oldi
10:37 / 20.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi
11:24 / 07.04.2025