Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaroning xonadonidan 4 kg.dan ortiq marixuanna topildi
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shu tumanida istiqomat qiluvchi 1977 yilda tug‘ilgan T.M.ning xonadoni tomorqasidagi 1 kv. metr maydonda nasha yetishtirgani aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, T.M.ning yashash xonadonida qurilishi tugallanmagan xonadan 6 dona polietilen qoplarga va 1 dona tselofan paketga solingan, jami og‘irligi 4 kg. 204 gr. «marixuanna» giyohvandlik vositasi olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025