Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Nobel sovrindori kitoblariga talab ortmoqda
Yaponiyalik yozuvchi Kadzuo Isiguro nashriyoti butun mamlakatdan kelib tushayotgan buyurtmalar bilan to‘lib toshdi. Isiguro 2017 yili adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga munosib ko‘rilgan edi. Hayakawa Publishing kompaniyasi Shvetsiya akademiyasi qarori e'lon qilinganidan keyingi kundan boshlab tirajlar sonini ko‘paytirishga majbur bo‘ldi.
Nashriyot atigi uch kunda asli yaponiyalik Buyuk Britaniya yozuvchisining 8 asarini 950 ming nusxada chop etdi. Yaqin orada yana 200 ming qo‘shimcha tirajda chiqariladi. Bundan tashqari, Isiguroning The Buried Giant (Dafn qilingan daroz) kitobiniham nashr qilishni rejalashtirgan. U 19 oktabrda Yaponiyada taqdim etiladi.
Yaponiya Isiguroning Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgani haqidagi xabarni xursandchilik bilan qarshiladi. Garchi u Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lsa-da, mahalliy aholi Isigurodan faxrlanish tuyg‘usini his qilishmoqda.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025