Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 saralashi. Germaniya musobaqani rekord bilan yakunladi
Germaniya terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichining so‘nggi turida Ozarboyjon terma jamoasini qabul qildi va ketma-ket o‘ninchi uchrashuvda ham g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda nemislar beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va jami kiritgan gollari sonini 43taga yetkazib, Yevropa rekordini yangiladi. Germaniyaga qadar Ispaniya terma jamoasi 2000 yilga Yevropa chempionati saralashida 42ta gol kiritgandi.
Guruhning boshqa bir uchrashuvida Shimoliy Irlandiya terma jamoasi mehmonda Norvegiya terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan bo‘lishiga qaramasdan, ikkinchi o‘rinni olib pley-offda qatnashadigan bo‘ldi. Chexiya esa keraksiz uchrashuvda autsayder darvozasiga 5ta gol urdi.
JCh-2018 saralash bosqichi, Yevropa
9-tur
C guruhi
Chexiya – San-Marino 5:0 (3:0)
Gollar: Krmenchik (8, 23), Kopits (27), Novak (71), Kadlets (83).
Chexiya: Koubek, Kalas, Kaderjabek, Lyuftner, Novak, Darida, Yankto, Kopits (Sikora, 63), Dochkal, Barak (Kadlets, 70), Krmenchik (Kliment, 63).
San-Marino: Simonchini, Grandoni, Vitayoli (Berardi, 82), Brolli, Palatstsi, Della Valle, Battistini, Berardi (Berretti, 76), Bernardi (Bonini, 63), Rinaldi, Tozi.
Ogohlantirish: Battistini (53).
Germaniya – Ozarboyjon 5:1 (1:1)
Gollar: Gorettska (8, 66), Vagner (54), Ryudiger (64), Jan (81) – Sheydayev (34).
Germaniya: Leno, Myuller (Yunes, 70), Mustafi (Ginter, 36), Zyule (Ryudiger, 22), Kimmix, Brandt, Jan, Sane, Gorettska, Shtindl, Vagner.
Ozarboyjon: Agayev, Mirzabekov, Abyshov, Guseynov, Xalilzade, Amirguliyev, Garayev, Rishard, Ismailov (Gurbanov, 77), Guseynov (Nazarov, 69), Sheydayev (Aleskerov, 87).
Ogohlantirish: Rishard (45).
Norvegiya – Shimoliy Irlandiya 1:0 (0:0)
Gol: Brant (71, avtogol).
Norvegiya: Nyuland, Svensson, Reginiussen, Meling, Berge, Nordtveyt, Yuxansen (Linnes, 88), Elyunussi (Elyunussi, 72), Xenriksen (Selnes, 83), Serlot, Toft-Soderlund.
Shimoliy Irlandiya: Makgovern, Maklaflin, Evans, Makoli, Devis, Brant, Norvud (Sevill, 46), Evans (Fergyuson, 79), Dallas, Uoshington (Laferti, 69), Madjyennis.
Ogohlantirish: Brant (87).


Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025