Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Yevroittifoqqa a'zo bo‘lish rejasidan voz kechmaydi
Anqara Yevropa Ittifoqi (YeI) safiga qo‘shilishga doir muzokaralardan voz kechish niyatida emas. Turkiya bosh vazir o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ Strasburgdagi Ayyub Sulton masjidiga poydevor qo‘yish marosimida shunday bayonot bilan chiqdi. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.
Bo‘zdog‘ning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtdagi voqealarga qaramay, rasmiy Anqara Yevroittifoq a'zoligi tomon qadamlarini davom ettiradi.
Shuningdek u Turkiya va biror bir Yevropa mamlakati o‘rtasidagi ziddiyatlar Anqaraning YeI tarkibiga qo‘shilish jarayoniga ta'sir qilishi kerak emas. "Anqaraga nisbatan ikkilamchi standartlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - deya ta'kidladi Bo‘zdog‘.
Turkiya bosh vazir o‘rinbosari shuningdek Yevropadagi radikallar va ultrao‘nglar xatti-harakatlaridan kelib chiquvchi tahdidga ham e'tibor jalb etdi. "Yevropada ksenofoblar va irqchilik tarafdorlarining bayonotlari qanchalik baland yangrasa, umumevropa qadriyatlariga nisbatan tahdid shuncha kattalashadi", - dedi Bo‘zdog‘.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025