Jamiyat | 09:51 / 16.10.2017
6918
2 daqiqa o‘qiladi

5 million 300 ming so‘mlik tilla taqinchoqlar o‘g‘irlandi

Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma'lumotga ko‘ra, Olmaliq shahrining Metallurglar ko‘chasidagi xonadonlarning birida yashovchi fuqaro ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, noma'lum shaxs uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, narxi taxminan 5 mln. 300 ming so‘m bo‘lgan bir dona zanjir, bir juft sirg‘a, bir dona uzuk va “Samsung-5” rusumli uyali telefonini o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, ushbu jinoyatni shu shaharda yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan X.A., 1984 yilda tug‘ilgan T.T. va Ohangaron tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan X.Sh.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlandi. 

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid