Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi o‘tishi dargumonligi aytildi
Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasi rahbari Nurjan Shayldabekova prezidentlik saylovlarining 2-bosqichi bo‘lishi dargumonligini aytdi.
Qirg‘izistonda 15 oktabrda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. 97 foiz saylov uchastkasidan olingan ma'lumotlar hisob-kitob qilingandan keyin mamlakatning sobiq bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov 54 foizdan ko‘proq ovoz bilan yetakchilik qilayotgani ma'lum bo‘ldi. 2-o‘rinni muxolifat vakili Omurbek Babanov 33 foiz ovoz bilan eegallagan.
"Qolgan 3 uchastkadan olinadigan ma'lumotlar ovoz berishning dastlabki natijalarini qattiq o‘zgartirishi dargumondir", deb aytgan Shayldabekova matbuot-anjumanda.
U jurnalistlarning 2-bosqich bo‘lishi haqidagi savoliga u o‘tmasligini aytgan.
"Fikrimcha, saylovlarni bo‘lib o‘tgan deb hisoblash mumkin, saylovlar osoyishta o‘tdi, qoidabuzarliklar juda kam bo‘ldi. Bu qoidabuzarliklar saylov natijalariga ta'sir qilmagan", deb aytdi Shayldabekova.
Saylovlarda ovoz beruvchilarning davomati inobatga olinmagan. Ovoz berishning 1-bosqichida saylovlarda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘prog‘ining ovozini olgan nomzod prezident etib saylangan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
20:33 / 14.09.2024
Vodiydagi tantana, Boysundagi mavhumlik va AES bo‘yicha yakuniy bitim - hafta dayjesti
19:03 / 14.09.2024