Koreya yarimorolida AQSh va Janubiy Koreya harbiylarining mashg‘ulotlari boshlandi
16 oktabrda Koreya yarimoroli sohillari yaqinida AQShning zarba beruvchi aviatashuvchi guruhi va Janubiy Koreya harbiy kemalari ishtirokida katta ko‘lamli mashg‘ulotlar boshlandi. Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar Sariq va Yapon dengizlarida bo‘lib o‘tadi va 20 oktabrda yakun topadi.
AQSh tomondan mashg‘ulotlarda "Ronald Reygan" aviatashuvchi kemasi, "Stetem" va "Mastin" esminetslari, Janubiy Koreya tomondan Aegis raketalarga qarshi mudofaa tizimi bilan qurollangan "Buyuk Sejon" esminetsi va boshqa kemalar hamda dengiz aviatsiyasi ishtirok etmoqda.
Janubiy Koreya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh guruhi tarkibiga kiruvchi suv osti kemasida "boshdan judo qiluvchi" zarbalarni bajarishga ixtisoslashgan bo‘linma bor. Bu bo‘linmaning asosiy vazifasi AQSh bilan adovatda bo‘lgan davlatlar rahbariyatlari vakillarini yo‘q qilishdan iborat.
Janubiy Koreya mudofaa vazirligi vakillarining ma'lum qilishicha, mashg‘ulotlar ikki davlat harbiy-dengiz kuchlarining o‘zaro harakatlanishini yaxshilashga qaratilgan. Janubiy koreyalik mutaxassislarning fikricha, bu mashg‘ulotlar o‘tkazilishi yarimoroldagi vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin va Shimoliy Koreyani bunga javoban harbiy xarakterdagi choralar ko‘rishga majbur qiladi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024