Jamiyat | 19:45 / 17.10.2017
18147
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2017 yil 17 oktabr kuni Toshkent yuridik kollejida “Yuqori bilimli, yuksak ma'naviyatli va ijtimoiy faol yoshlar – mamlakat va millat kelajagi” mavzusida Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va kollej o‘quvchi-yoshlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvni kollej direktori V.Ergashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

Tadbirda Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri B.Toshev va Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti R.Qo‘chqor tomonidan davlat va jamiyat rivojida yoshlarning o‘rni va ijtimoiylashuvi, o‘quvchi-yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish yuzasidan bildirilgan fikrlar barkamol avlodni tarbiyalashdek o‘ta muhim masalalardan biri ekanligini anglatadi.

Shuningdek, uchrashuvda ta'lim-tarbiya, o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish va ularni turli yot g‘oyalar ta'siridan asrab-avaylash borasidagi yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tadbir so‘ngida kollej o‘quvchilariga nopok kimsalar iskanjasiga tushib qolgan yoshlar hayoti aks etgan videolavha namoyish etildi.

Tadbirda Uchtepa tuman prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limi hamda tuman hokimligi vakillari ishtirok etdi.

Mavzuga oid