Sport | 18:00 / 20.10.2017
16562
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu Peresga maslahat berdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatidan «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford bilan shartnoma imzolashni so‘radi, deb xabar beradi Mirror.

Ayni paytda, «Real»ning asosiy transfer maqsadi Angliya terma jamoasi va «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn bo‘lib turibdi. Joriy mavsumda u 11 o‘yinda 11ta gol urgan.

Agar Keynning transferi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Reshford «Real» uchun zaxira varianti bo‘lib qoladi.

Ronalduning fikriga ko‘ra, 19 yoshli ingliz iqtidorining madridliklarga foydasi tegishi mumkin.

Joriy mavsumda Markus Reshford 13 o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.

Mavzuga oid