Video: Germaniyadagi shaharga to‘ng‘izlar hujum qildi
Germaniyaning Xayde shahriga 2 ta to‘ng‘iz hujum qilishi oqibatida 4 kishi jabrlandi, deb yozmoqda Rheinische Post.
Shunday hujumlardan biri videotasvirga ham tushib qoldi. Kuzatuv kameralarida olingan tasvirlarda yovvoyi hayvonning optika do‘koniga kirgani va xodimlar yashirinishga uringan vaqtda xonama xona sang‘iganini ko‘rish mumkin.
Keyinroq, qobonlardan biri mahalliy banklardan biriga kirgan. Politsiya hayvonni yo‘q qilish uchun ovchiga murojaat qildi. Ikki to‘ng‘iz qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan, shu boisdan mahalliy hokimiyat uylarni tark etmaslikni tavsiya qilgan. U bir necha soatdan keyin shahar chegaralarini tark etgan.
NDR radiostansiyasiga ko‘ra, qobon jabrlanganlardan birining barmog‘ini tishlab olgan.
RP nashrining yozishicha, bundan avval bu kabi holatlar kuzatilmagan. "Men qachonlardir shaharliklar shunday xavfga duch keladi, deb o‘ylamaganman", — degan shahar meri Ulf Shtexer.
Mavzuga oid
23:02 / 01.12.2022
Shols Bundesverda o‘q-dori tanqisligi yuzaga kelganini tan oldi
07:20 / 30.11.2022
Germaniya Ukrainaga 65 million yevro va generatorlar ajratadi
12:03 / 26.11.2022
Germaniyaga Rossiya vizasiga ega noqonuniy muhojirlar oqimi keskin oshdi
08:14 / 25.11.2022