Sport | 00:43 / 21.10.2017
11173
2 daqiqa o‘qiladi

Yilning eng yaxshi ayol tennischilari aniqlandi

Foto: Getty Images

Singapurda o‘tgan marosimda ayol tennischilar uyushmasi (WTA) tennisni yorituvchi xalqaro ommaviy axborot vositalari o‘rtasida ovoz berish orqali yilning eng yaxshi ayol tennischilari aniqlanadigan WTA Player Awards mukofoti natijalarini e'lon qildi.  G‘oliblar 5 yo‘nalish bo‘yicha aniqlandi.

Yilning eng yaxshi ayol tennischisi ispaniyalik Garbine Mugurusa bo‘ldi. U Uimbldon musobaqasi g‘olibasi bo‘ldi va yil davomida birinchi raqamli ayol tennischi darajasigacha ko‘tarila oldi.

"Yil odimlashi" yo‘nalishida latviyalik Yelena Ostapenko g‘olib bo‘ldi. U bir yil ichida WTA reytingida 30 dan ko‘proq pog‘onaga yuqoriladi va yetakchi o‘ntalikdan joy oldi. Tennischi iyun boshida "Rolan Garros"ni yutdi.

Qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar quyidagicha bo‘ldi:

Yil juftligi: Martina Xingis (Shveytsariya) va Chjan Yunjan (Tayvan)

Yilning eng yaxshi yangi o‘yinchisi: Ketrin Bellis (SShA)

Yil qaytishi: Sloan Stivens (SShA)

Shuningdek, tadbirda eng yaxshi ayol tennischilarning yakuniy musobaqasi uchun qur'a tashlash o‘tkazildi. Yakuniy musobaqa Singapurda 22-29 oktabrda bo‘lib o‘tadi. Tennischilar guruhlarga bo‘linib bellashadilar. Keyingi bosqichga har bir guruhdan ikki nafar eng yaxshi tennischi yo‘l oladi.   

Mavzuga oid