Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buddistlar guruhi Myanmaga musulmonlarni qaytarmaslikka chaqirmoqda
Myanmada buddistlar hukumatdan Bangladeshga qochgan 600 ming rohingyaning mamlakatga qaytarilishiga to‘sqinlik qilish talabi bilan namoyish o‘tkazishdi. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.
Sittva shahrida tashkil etilgan norozilik namoyishida yuzlab ultro‘ng buddistlar, shu jumladan muqaddas rohiblar ishtirok etishdi.
Bundan avval Xalqaro migratsiya tashkiloti matbuot kotibi Joel Millman Jyenevadagi anjumanda 25 avgustdan buyon Myanma armiyasi zo‘ravonligi natijasida 589 ming rohingya musulmonlari Bangladeshga qochgani va ularning juda og‘ir sharoitlarda yashash uchun kurashayotgani haqida ma'lum qilgan.
Bugunga kelib Koks-Bazar (Bangladesh) shahridagi qochqinlar lagerlarida yashovchi rohingya musulmonlarining umumiy soni 800 ming kishiga yetdi.
BMTning xabar berishicha, rohingya musulmonlarining favqulodda ehtiyojlarini qoniqtirish uchun 434 million dollar zarur.
Mavzuga oid
13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025