Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil ramziy terma jamoasi. «Real»dan 5 futbolchi
Professional futbolchilar uyushmasining xalqaro federatsiyasi (FIFPro) talqini bo‘yicha yilning ramziy terma jamoasi tarkibi ma'lum bo‘ldi.
Marca xabariga ko‘ra, unga «Real»ning 5 nafar, «Barselona» va «Yuventus»ning 3 nafar futbolchisi kiritildi.
Darvozabon: Janluiji Buffon («Yuventus»);
Himoyachilar: Dani Alves («Yuventus»/«PSJ»), Leonardo Bonuchchi («Yuventus»/»Milan»), Serxio Ramos, Marselo (har ikkalasi – «Real»);
Yarimhimoyachilar: Luka Modrich, Toni Kroos (har ikkalasi – «Real»), Andres Inesta («Barselona»);
Hujumchilar: Neymar («Barselona»/»PSJ»), Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Real»).
Eslatib o‘tamiz, ramziy terma jamoa a'zolari bugun Londondagi FIFA The Best Football Awards marosimida taqdirlanadi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
19:12 / 18.05.2025