Jahon | 11:00 / 24.10.2017
3222
2 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada jurnalistlar ish tashladi

Foto: NewsONE

Gretsiyaning yetakchi jurnalistlari kasaba uyushmalari mamlakat bo‘ylab OAVning ikki kunlik zabastovkasi haqida e'lon qildi – ish tashlash mahalliy vaqt bilan 24 oktabr kuni, seshanba kuni soat 06.00dan 26 oktabr, payshanba kuni soat 06.00ga qadar davom etadi.

Zabastovka to‘g‘risidagi bayonotni Afina kundalik nashrlari jurnalistlari ittifoqi, davriy elektron bosma nashrlar jurnalistlari ittifoqi, Salonika, Makedoniya va Frakiyadagi jurnalistlar kasaba uyushmalari imzolagan.

Zabastovka OAV xodimlari qo‘shimcha pensiya va tibbiy yordam olishini ta'minlaydigan EDOEAP ni saqlab qolish maqsadida uyushtirilmoqda.

Jurnalistlar qo‘shimcha ijtimoiy yordam tizimi saqlab qolinishi, mehnat va ijtimoiy huquqlari buzilishi to‘xtatilishini talab qilishmoqda. Ular shuningdek, nashrlar erkinligini talab qilib chiqishgan.

Ikki kunlik ish tashlash davomida radio va televideniyeda yangiliklar berilmaydi, shuningdek, ko‘plab yangiliklar saytlari faoliyat yuritmaydi.

Zabastovka mamlakat bosh vaziri Aleksis Tsipras Gretsiya shimolidgi Epir shahrida bo‘lib turgan kunda e'lon qilindi. Hukumat rahbari bu yerda hududiy konferensiyada chiqish qiladi.

Qayd etish kerakki, bu gretsiyalik jurnalistlarning bir oy ichida uchinchi marta zabastovka uyushtirishidir.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid